“Barselona” futbol jamoasi yarimhimoyaçisi Serxio Buskets jamoa istasa har yili trebl (bir mavsumda Ispaniya çempionati, Ispaniya kubogi va Çempionlar Ligasida ğoliblikni qölga kiritişni nazarda tutmoqda) amalga oşirişi mumkinligini aytdi.
“Ğalabalar quvonçidan aslo çarçaş mumkin emas. Yutgan saring yutgin kelaveradi. Bizda a'lo darajadagi öyinçilar, ajoyib yoş jamoa va bunday yuqori darajada iştirok etişni yana köplab yillar davom ettirişga katta imkoniyat mavjud.
Çempionlar Ligasi finalida Alves, Maskerano va Inestadan taşqari qolganlar 30 yoşdan kiçiqroq edi. Juda yoş Ter Ştegen, Neymar, Alba va boşqalarning yoşi 23 dan 28 yoşgaçani taşkil qiladi.
Biz istasak har yili treblni amalga oşirişimiz mumkin. Heç kim yengilmas böla olmaydi, biroq bizda katta salohiyat bor”, deb aytmoqda Buskets.