Pekin va Tokio Yaponiya tovarlarini import qilişga örnatilgan çeklovlarni bekor qiliş borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
2011 yil martida sodir bölgan “Fukusima” avariyasidan söng Yaponiyaning ayrim prefekturalaridan Xitoyga mol olib kiriş taqiqlab qöyilgan edi. Bular qatoriga Fukusima, Ibaraki, Miyagi, Nagano, Yamagata, Gumma va Niigata viloyatlari kiradi. Endilikda bu çeklovlarni bekor qiliş haqida gap ketmoqda.
Kyodo agentligining xabar qilişiça, muzokaralar Pekinda bölib ötmoqda. Unda Yaponiya tomonidan qişloq xöjaligi, örmonçilik va baliqçilik vazirligi vakili iştirok etmoqda.