Ötmişning maşhur futbolçilaridan biri Diyego Armando Maradona FIFA prezidentligi uçun ötkaziladigan navbatdan taşqari saylovda iştirok etadi. Bu haqda ukrainalik jurnalist Viktor Morales xabar bergan.

"Diyego islohotlarni istaydi. U FIFA tizimidagi poraxörlikka qarşi kuraşiş uçun taşkilot prezidentligi saylovida qatnaşişga qaror qildi. U öz mavqaeidan foydalangan holda FIFAdagi bu holatga çek qöyiş uçun yaxşi imkoniyatga ega bölişi mumkin", deb yozadi Morales.

Eslatib ötamiz, taşkilotning amaldagi prezidenti Yozef Blatter 2 iyun kuni öz lavozimini tark etişi haqida ma'lum qilgaç, taşkilotning yangi rahbarini aniqlaş uçun navbatdan taşqari saylov ötkazilişi e'lon qilingandi.

Bu saylov şu yilning 16 dekabrida ötkazilişi aytilgan. Aniq sana 20 iyul kuni FIFAning navbatdan taşqari majlisidan keyin ma'lum qilinadi.

Şu vaqtgaça, Ziko va Iordaniya şahzodasi Ali ibn Al-Husayn saylovda qatnaşişlari haqida rasman ma'lum qilişgan.