Gollivudning maşhur “Titanik” filmi va boşqa köplab filmlariga kuylar bastalagan gollivudlik maşhur bastakor Jyeyms Xorner Kaliforniya ştatining janubida samolyot qulaşi oqibatida halok böldi.
Avvalroq Xornerning bir motorli şaxsiy samolyoti Santa-Barbara yonida falokatga uçragani ma'lum qilingandi. Samolyot bortida faqat uçuvçining özi bölgan, biroq uning şaxsini tasdiqlanmagandi. Bastakor advokati “agar Jyeyms samolyotda bölmaganda, u qönğiroq qilgan bölardi” deb samolyotda bastakorning özi bölganiga şa'ma qilgan.
Xornerning halok bölgani uning yordamçisi Silviya Patritsiya tomonidan tasdiqlandi.
“Biz ulkan qalb va noyob iste'dod egasi bölgan ajoyib insonni yöqotdik. U özi yaxşi körgan maşğuloti ustida halok böldi”, deb yozdi Patritsiya özining Facebook`dagi sahifasida.
Xorner Gollivudning eng maşhur bastakori deb e'tirof etiladi. Bastakor ikkita “Oskar” mukofotini olgan “Titanik” filmidan taşqari, “Şeryurak”, “Kuz afsonasi”, “Jasorat” va “Tafakkur öyinlari” kabi maşhur filmlarga ham kuy bastalagandi.






