Internetda ikki erkak hozirda mavjud bölgan akulalardan eng kattasi bölgan ulkan kitsimon akula ustida syorfing uçayotgani tasvirlangan video paydo böldi.

Kitsimon akula suv yuzasiga yaqin juda sekin harakatlanib, insonlarga umuman heç qanday xavf solmaydi. Körinişidan videoda katerda sayr qilib yurgan erkaklar bundan xabardor bölişgan va akulaning ustiga çiqib, uning belida syorfing uçişga qaror qilişgan.

Katerdagi boşqa dam oluvçilar katerdan turib buni vidoyega olişgan, hayqirib, kulib, öz hamrohlarini qöllab-quvvatlaşgan.

Video tabiat muhofazaçilari tomonidan keskin tanqidga uçradi, ular uşbu şaxslarga nisbatan ayblov qöyilişi kerakligini aytişmoqda.

“Uşbu videodan odamzodning yovvoyi tabiatga jirkanç munosabatini köriş mumkin. Ular bunday bahaybat jonzotni köriş baxtiga muyassar bölganlaridan xursand böliş örniga, şunday ahmoqlarça hunar körsatişga qaror qilişgan”, deyişdi tabiat muhofazaçilari.

Video Facebook`da joylaştirilib, keyinroq öçirib taşlangan.