Xorvatiyalik 29 yoşli hujumçi Mario Manjukiç özining "Yuventus" jamoasiga ötişi munosabati bilan jamoa sayti uçun intervyu berdi.

"Men bolaligimdan "Yuventus" muxlisiman. Öz vaqtida ilk öynagan jamoam "Maroniya"ning ham liboslari "Yuventus"niki kabi yöl-yöl çiziqli edi. Men bu jamoaga kelganimdan juda xursandman.

Men "Yuventus" behisob muxlislarga ega buyuk jamoa ekanligini öz közlarim bilan körib turibman. Bu yerda ajoyib muhit hosil bölgan. Bu jamoa uçun qölimdan kelganiça öynayman. Massimilliano Allegridek ajoyib murabbiy bilan birga işlaşimizdan juda xursandman", deydi Manjukiç.

Ma'lumot uçun, biroz oldinroq, uşbu futbolçi "Atletiko"dan 18 mln yevro evaziga Turinga keldi. U bu jamoada yiliga 3,5 mln yevro maoş oladi va uning şartnomasi 4 yil muddatga tuzilgan.