23 iyun kuni Özbekiston Futbol federatsiyasi milliy terma jamoa boş murabbiyi Mirjalol Qosimovning iste'fosini qabul qildi. Bu haqda federatsiyaning tvitterdagi rasmiy akkauntida xabar qilindi.

Bu qaror ayni vaqtda ÖFF majlislar zalida davom etayotgan murabbiylar kengaşi yiğilişida qabul qilingan.

Qayd etiş joiz, bu voqea milliy terma jamoa 2018 yilgi jahon çempionati uçun saralaş öyinlarining uçinçi bosqiçidagi KXDRga qarşi 2:4 hisobidagi mağlubiyatli öyindan keyin yuz berdi.

Uning örniga terma jamoani kim boşqarişda davom etişiga aniqlik kiritilmagan.

Eslatib ötamiz, 22 iyun kuni "Sport" kanali orqali efirga uzatilayotgan "Futbol şarhi" körsatuvida Özbekiston futbol federatsiyasidan milliy terma jamoa boş murabbiyi Mirjalol Qosimovning iste'foga çiqarilişi söralgandi.