Özbekiston hukumati 8-9 iyulda BMTning Jyenevadagi inson huquqlari böyiça navbatdagi sessiya davomida fuqarolik va siyosiy huquqlar haqidagi Paktning bajarilişi böyiça hisobot beradi.

Dunyoning 168 davlati BMT Boş assambleyasi tomonidan 1966 yilda qabul qilinib, 1976 yilda kuçga kirgan uşbu Paktning iştirokçilari hisoblanadi.
18 nafar mustaqil ekspertlardan taşkil topgan inson huquqlari böyiça qömita Özbekistondan taşqari, Buyuk Britaniya, Venesuela, Ispaniya, Kanada, Makedoniya va Fransiyaning pakt böyiça hisobotlarini qörib çiqadi.