Şukrlar bölsinkim, biz intizorlik bilan kutgan oylar sultoni, muborak Ramazoni şarif yana bir bor mehmon bölib keldi. Bu kunlarga yetkazganiga, sabr berib, özining töğri yölida sobit qilganiga Alloh taologa behisob şukrlarimiz bölsin.
Bu yil ham ötgan yili singari Ramazon oyi issiq mavsumga töğri kelib turibdi. Bu ham Yaratganning bandalariga yuborgan sinovi, hikmatidir. Jannatmakon Özbekistonimizda iqlim u qadar issiq kelmaydi. Boşqa musulmon ölkalariga qaraganda, diyorimizning tabiati yumşoq sanaladi. Ammo yoz yoz-da. Kunlar uzun, şu bois çanqaş va oçiqiş alomatlari baribir seziladi.
Ammo Alloh öz dinini har tomonlama mukammal etib qöygan. Bandalariga bir narsani amr qildimi, uning yengil tomonlarini ham körsatib ötgan. Buni payğambarlari orqali odamlarga yetkazgan. Jumladan, rözadorlikda ham, ayniqsa, yozning uzun kunlarida qanday qilib nafsni töğri jilovlay bilişlik haqida biz möminlarga suyukli payğambari Muhammad (s.a.v) orqali ta'lim berib ötgan.
Yozning mana şunday uzun kunlarida röza tutib, qanday qilib çanqamay, oçiqmay, holsizlanmay yursa böladi? Istaymizmi yöqmi, bu holat har birimizda sodir böladi. Buni töliq yoki qisman oldini oliş mumkinmi? Qolaversa, safar bilan u-bu joyga borişimiz mumkin, saharlik vaqtida uyda emas, yölda, köçada böliş ehtimollari ham yöq emas. Xöş, şu sabab Ramazon rözasini uzun kunlarda malollanib tutmaslik uçun nima çoralar körsa böladi? Bu u qadar muşkul iş emas. Avvalo, qalbdan ixlos hamda şunçaki taomlaniş odoblariga rioya etilsa kifoya. Gapimizning tasdiğini quyidagi hadislar ham tölaligiça tasdiqlab turibdi.

Taom tanovul qilişdan oldin ikki qölni yuviş

Islomda taomlanişdan oldin ikki qölni ixlos ila yuviş “baraka” deyiladi.
Salmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Taomning barakasi undan oldin (ikki qölni) yuvişdir va undan keyin (ikki qölni) yuvişdir”, dedilar”.
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.

Taom suyanib, yonboşlagan holda yeyilmaydi

Bunday vaziyatda organizmdagi ovqat hazm qiliş organlari faoliyati sustlaşadi va taom tanaga töliq hazm bölmaydi.
Abu Juhayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Men suyangan holimda yemayman”, dedilar”.
Buxoriy, Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy rivoyat qilganlar.

Taomni keragidan ortiqça yemaslik zarur

Bu, avvalo, isrofgarçilikka kiradi. Keyin esa ortiqça taom lanjlikni, dangasalikni keltirib çiqaradi. Qolaversa, bökib ovqatlaniş salomatlik uçun ham öta zararli hamdir.
Miqdom ibn Ma'diykarib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Odam bolasi töldiradigan idişlarning eng yomoni qorindir. Odam bolasiga qaddini tutadigan yemaklar kifoyadir. Agar juda lozim bölsa, taomi uçun uçdan bir, şarobi uçun uçdan bir va nafasi uçun uçdan bir”, dedilar”.
Termiziy, Ahmad va Hokim rivoyat qilganlar.

Taomni yakka-yakka yemay, jamlanib yeyişda baraka borligini unutmaslik zarur

“Ustida köp qöl bölgan ovqat Alloh huzurida ovqatlarning sevimlisidir”, deganlar Payğambar alayhissalom.

Baraka taomning örtasida böladi

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Qaçon biringiz taom yesa, tovoqning ust tomonidan yemasin. Balki past tomonidan yesin. Çunki baraka uning ust tomonidan nozil bölur”, dedilar”.
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar va Termiziyning lafzida:
“Baraka taomning örtasida nozil böladi. Bas, uning atrofidan yeng, örtasidan yemang”, deyilgan.

Içimlikni uç marta bölib-bölib, nafas olib içiladi

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam içimlik içganida uç marta nafas olar edilar va “Mana şu qondiruvçiroq, bezararroq va singuvçiroq”, der edilar”.
Anas: “Bas, men ham içimlik içganda uç marta nafas olaman”, dedi”.

Mömin-musulmonning boşqalardan ajaralib turuvçi hislatlaridan biri bu uning çiroyli xulq bilan ziynatlanişidir. Muqaddas Ramazon oyida ahloqimizni yanada gözallaştirsak, dilimiz bilan ham, tilimiz bilan ham, qölimiz bilan ham odamlarga yaxşilik ulaşsak, har qanday qabihlikni qalbimizdan çiqarib taşlasak, tutayotgan rözamiz mustajob, özimiz salomat, dillarimiz yanada yoruğ bölgay, inşoolloh.
XABARDOR.UZ / Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh hazratlarining “Ijtimoiy odoblar” kitobi asosida Sarvar Anvar öğli tayyorladi.