Google kompaniyasining Gmail elektron poçta xizmatida xatni bekor qiliş funksiyasi paydo böldi, deb ma'lum qilmoqda Venture Beat.
Yangi funksiya foydalanuvçi xatni yuboriş tugmasini bosişi va bevosita xatning yuborilişi orasida 5-30 soniyalik interval yaratadi. Bu vaqt oraliğida foydalanuvçi xatni yuborişni bekor qilib, kerakli tuzatişlarni kiritişi mumkin böladi.
Bu funksiya beta-versiya sifatida uzoq vaqt davomida amal qilgan. Avvalroq xatni yuborişni bekor qilişning final versiyasidan Android smartfonlaridagina foydalaniş mumkin edi.






