Özbekistonda 17 iyundan “Intellect2All” Respublika IT-loyihalari tanlovining saralaş bosqiçlari boşlandi.

4 iyulgaça Toşkent, Farğona va Samarqand şaharlarida tanlovning saralaş bosqiçlari va master-klasslar ötkaziladi.

Tanlovda 15 yoşdan 30 yoşgaça bölgan yoşlar iştirok etadi. Tanlov “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati va Yoşlar taşabbuslari markazi tomonidan taşkil etilgan.

Loyihalar tanlovi uç yönaliş: “Veb-dastur”, “Mobil işlanmalar” va “Virtual reallik uçun dasturiy işlanmalar (Oculus Rift va Google Cardboard virtual reallik qurilmalari uçun)” böyiça bölib ötadi.

Tanlovning saralaş qismi ikki bosqiçda ötkaziladi. Birinçi bosqiç “Zamonaviy axborot texnologiyalariga kiriş” öquv treningi hisoblanadi. Bu bosqiçda iştirokçilar umumiy qiziqişlar va ijodiy ğoyalar böyiça 5 kişidan bölib jamoalarga bölinadilar hamda birgalikda jamoa loyihasi konsepsiyasini aniqlaştirib oladilar.

Ikkinçi bosqiçda bevosita loyiha ustida iş olib boriladi. Bu bosqiçda iştirokçilar ikki kun davomida trenerlar bilan birgalikda loyihani tayyorlaş bilan şuğullanişadi va ikkinçi kun yakunlangandan keyin har bir jamoa özining natijalari – loyiha prototipini taqdim qiladi. Taqdimotlar yakunlariga köra eng yaxşi jamoalar final bosqiçga yöl oladilar.

Özbekistonning boşqa şaharlaridan iştirok etişga ariza bergan tanlov iştirokçilari özlariga yaqin bölgan saralaş bosqiçi olib borilayotgan şaharlardan biriga taşrif buyurib, tanlovda qatnaşişlari mumkin böladi.

Tanlov finalida eng yaxşi axborot texnologiyalari işlanmalari jamoalari nafaqat tanlovning boş sovğasi – loyihaning birlamçi amalga oşirilişi uçun pul mukofoti bilan taqdirlanadilar, balki axborot texnologiyalari sohasidagi oxirgi yutuqlarga bağişlangan bir qator master-klasslar va taqdimotlarda iştirok etiş huquqini qölga kiritadilar.