Fransiya hukumati AQŞ prezidenti Barak Obamadan mamlakat maxsus xizmatlari Fransiya rahbar xodimlarining telefonlarini tinglaşni töxtatganliklarini kafolatlaşni söramoqda. Bu haqda sobiq boş vazir va senator Jan-Per Raffaren ma'lum qildi.
“Biz bu borada kafolatlarni istaymiz va AQŞ prezidentiga bu borada murojaat qilamiz, hukumatimiz tinglanmayotganidan amin bölişimiz kerak”, – dedi Raffaren parlament faollarining prezident Fransua Olland bilan uçraşuvi yakunlariga köra bergan bayonotida.
AQŞ milliy xavfsizlik agentligi Fransiyaning oxirgi uç prezidentini (Jak Şirak, Nikolya Sarkozi, Fransua Olland) kuzatib yurgani, qönğiroqlarini eşitgani ma'lum bölgan edi. Bu haqdagi hujjatlar WikILeaks portalida e'lon qilindi. 2014 yili Ollandning AQŞga safari çoğida uşbu mamlakat rasmiylari kuzatuv işlarini bas qilişga va'da bergandi.






