AQŞ Yevropaning yettita davlatida, jumladan Estoniyada 250 ta oğir texnika birligini joylaştiradi, deb aytdi Tallinda bölib ötgan matbuot-anjumanida AQŞ Mudofaa vaziri Eşton Karter.
Karter Bradley zirhli maşinalari, öziyurar gaubitsalar va boş texnika Boltiqböyi davlatlari, Bolgariya, Polşa, Ruminiya va Germaniyada joylaştirilişini ta'kidlab ötdi.
Karterning aytişiça, texnikani dastlabki joylaştirişda transportirovka uçun xarajatlarni qisqartirişga imkon beriş maqsadida poligonlarning yaqinligi hisobga olinadi. Har bir texnika komplekti rota yoki batalonni ta'minlaş uçun möljallangan. Zarurat bölganda jangovor texnikani mintaqalar böyiça köçirib ötkaziş mumkin.
“Bu texnikani joylaştirişdan maqsad terrorçilik xavflariga qarşi kuraşiş hamda Rossiyani uşlab turişda NATO davlatlariga kömak berişdan iborat”, deb aytdi Karter.






