Xitoylik investorlar taksiga onlayn-buyurtma beriş xizmati Uber ga kompaniyaning birlamçi aksiyalar savdosiga (IPO) çiqişi arafasida 10 mlrd dollardan köproq sarmoya kiritişdi, deb yozmoqda Financial Times naşri.

Naşrning ta'kidlaşiça, bu yuqori texnologik kompaniyalar uçun mutlaq rekord natija hisoblanadi. Hattoki Google yoki Facebook kabi gigantlar ham IPO gaça bunday katta miqdorda sarmoya jalb qilişga muvaffaq bölmagan.

Kompaniya olingan mablağlarni butun dunyo böylab 300dan ortiqroq şaharda özining operatsiyalarini kengaytirişga yönaltirişni möljallamoqda. Bundan taşqari, kompaniyani regulyatorlar tomonidan bildirilgan da'volar böyiça katta miqdordagi sud xarajatlari kutmoqda.

Kompaniyaning asosiy xitoylik investorlaridan biri Hillhouse Capital Group kompaniyasi aksiyalarga konvertatsiya qilinadigan Uber obligatsiyalarini IPOdagidan ança kamroq narxda sotib oliş ehtimoli bilan kompaniyaga yana yuz millionlab dollar kiritişga tayyorligi aytilmoqda.