2015 yil 23 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti “2015/2016 öquv yilida Özbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga qabul töğrisida”gi qarorga imzo çekdi.
Prezident qarorida ta'kidlanişiça, aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boşqaruv uslublarini hisobga olib işlab çiqilgan xizmatçilarning asosiy lavozimlari va işçilar kasblarining yangilangan klassifikatori tasdiqlanganligi munosabati bilan bakalavr tayyorlaşning 7 ta yangi yönalişlari joriy etilgan. Bu haqda xushnudbek.uz saytida xabar berilgan.
Şuningdek, qarorda oliy ta'lim muassasalariga talabalarni qabul qiliş kvotasi belgilab berilgan bölib, unga köra 2015/2016 öquv yilida bakalavr ta'lim yönalişiga 57 907 nafar talaba qabul qilinadi. Şularning 19 120 nafari davlat grantida va 38 787 nafari tölov-kontrakt böyiça tahsil oladi. Agar ötgan yilgi kvotalar bilan taqqoslansa, joriy yilgi kvotalar sonida özgariş bölmagan.
Joriy yilda oliy ta'lim muassasalariga 5 000 nafar magistr, şundan 1 548 nafari davlat granti, 3 452 nafari esa tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qilinişi belgilangan. Magistratura kvotalarida ham ötgan yilgiga qaraganda özgariş kuzatilmagan.
Toşkent kimyo-texnologiya instituti (Qönğirot bölimi)ning maxsus sirtqi bölimiga davlat granti böyiça 65 nafar va Toşkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bölimiga tölov-kontrakt asosida 50 nafar talaba qabul qilinadi (ötgan yili 15ta davlat granti, 35ta şartnoma asosida edi).
Qaysi OTMlar neçta talaba qabul qilişi haqida saytimiz orqali tez orada batafsil ma'lumot beriladi.
Aytib ötiş joizki, ötgan yili hujjat topşirgan abituriyentlar soni böyiça rekord natija qayd etilgan edi. Ya'ni 540 ming nafardan köproq abituriyent talabalik baxtiga muşarraf böliş uçun öz omadini sinab körişga ahd qilgandi. Bu bir örin uçun örtaça 9,4 kişi da'vogarlik qilgan deganidir.






