Davlat bojxona qömitasi tomonidan bojxona organlarining hududiy axborot xizmatlari xodimlari va mahalliy jurnalistlar uçun “Bojxona organlari axborot xizmatlari faoliyatining samaradorligini oşiriş va ommaviy axborot vositalari bilan özaro hamkorlikni rivojlantiriş” mavzusida öquv-amaliy videokonferensiyasi bölib ötdi.

Özbekiston Matbuot va axborot agentligi bilan hamkorlikda taşkil etilgan mazkur seminarda Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy Universiteti va Özbekiston Davlat Jahon tillari Universitetining jurnalistika böyiça professor-öqituvçilari dolzarb mavzulardagi ma'ruzalari bilan iştirok etişdi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar bojxona boşqarmalarida faoliyat yuritayotgan Axborot xizmatlari xodimlari, şuningdek bojxona sohasini yoritişga ixtisoslaşgan 60dan ortiq mahalliy jurnalistlar va muxbirlar virutal tarzda qatnaşgan mazkur seminarda soha oldida turgan muhim vazifalar atrofliça muhokama qilindi.

Davlat bojxona qömitasi faoliyatining oşkoraligini ta'minlaş, taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilari va keng jamoatçilikning bojxona organlarida amalga oşirilayotgan turli yönalişlardagi keng qamrovli islohotlarning borişi töğrisida muntazam xabardor qiliş bojxona tizimini takomillaştirişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Jamoatçilik bilan aloqalarni yölga qöyiş, taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilarini, mahalliy va horijiy ommaviy axborot vositalarini bojxona organlari faoliyatiga dahldor ma'lumotlardan xabardor qiliş böyiça Davlat bojxona qömitasi köp yillik tajribaga ega.

Qömita tomonidan jamoatçilik vakillari va taşqi iqtisodiy faoliyat qatnaşçilarini bojxona organlari faoliyatining dolzarb jihatlari, yagona bojxona siyosatini amalga oşiriş masalalari, bojxona qoidalari, tartiblari, soha böyiça qabul qilinayotgan yangi me'yoriy hujjatlar, ulardagi özgarişlar, sohada röy berayotgan yangilanişlar haqida öz vaqtida xabardor qilib boriş, şu maqsadda ommaviy axborot vositalari bilan yaqindan hamkorlik qiliş, ular bilan axborotlar almaşiş, ma'lumotlarni OAVda va Internet tarmoğida yoritiş, taşqi foydalanuvçilar uçun doimiy ravişda turli ma'lumotlar taqdim etişni tizimli ravişda yölga qöyişga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda.

Buning uçun Davlat bojxona qömitasi va hududiy boşqarmalarda faoliyat yuritayotgan Axborot xizmatlari öz faoliyatlarini samarali taşkil etiş maqsadida yetarli moddiy texnik baza bilan ta'minlangan.

Ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bölimi va hududiy bojxona boşqarmalarining sa'y-harakatlari tufayli markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalarida bojxona sohasiga oid qator materiallar e'lon qilinib borilmoqda. Soha xodimlarining mas'uliyatli faoliyati telelavha, eşittiriş va maqolalarda  keng yoritilmoqda.

Jumladan, 2015 yilning ötgan 5 oyi davomida markaziy va mahalliy  bosma va elektron naşrlarda600 gayaqin maqolalar çop etilgan bölsa, respublika va viloyat televideniyelarida340 gayaqin telelavhalar efirga uzatildi, turli radiokanallarda esa 550dan ortiq eşittirişlar berildi.

2015 yilning ötgan davri mobaynida Davlat bojxona qömitasi va tarkibiy tuzilmalari tomonidan taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilari bilan350 gayaqin, keng jamoatçilik örtasida 515 ta uçraşuvlar taşkil qilindi.

Bu borada Andijon, Buxoro, Surxondaryo, Qaşqadaryo viloyatlari va Toşkent şahar bojxona boşqarmalari, “Toşkent-Aero” ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksi Axborot xizmatlari sezilarli natijalarga erişişmoqda. 

Bojxona tizimidagi yangilaniş va özgarişlar haqida nafaqat mamlakatimiz içkarisidagi jamoatçilikni balki, taşqi foydalanuvçilarni öz vaqtida xabardor qilib boriş, ularning özlarini qiziqtirgan ma'lumotlarni öz vaqtida olişlarini ta'minlaş maqsadida Internet tarmoğida Davlat bojxona qömitasining rasmiy www.customs.uz veb-sayti 2001 yilda buyon muntazam faoliyat yuritib kelmoqda. Ayni kunlarda esa qömita veb-saytining takomillaştirilgan versiyasini işga tuşiriş borasida yakuniy işlar amalga oşirilmoqda.

2015 yil 5 oyi mobaynida saytga respublikamiz hayotiga oid siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy mavzularda hamda bevosita bojxona organlari faoliyatiga doir 90 dan ortiq turli axborotlar joylaştirildi.

Seminar davomida iştirokçilar taşkilot faoliyati oçiqligini ta'minlaşda Axborot xizmatlarining örni, Internet tarmoğida e'lon qilingan notöğri ma'lumotlarga raddiyalar tayyorlaşda ahamiyat berilişi lozim bölgan ustuvor jihatlar,  jamoatçilik bilan aloqalarni yölga qöyişda psixologik omillar kabi bir qator qiziqarli mavzular böyiça bilim va malakalarini oşirişdi.

Qizğin muhokamalar asosida bölib ötgan videokonferensiya yakunida tegişli qarorlar qabul qilindi.