Jyeyson Steytem ijrosidagi Dekkard Şou obrazi "Forsaj"ning sakkizinçi qismida ham böladi. Bu haqda aktyorning özi Access Hollywood teledasturi muxbiri bilan suhbat vaqtida ma'lum qilgan.
Uning aytişiça, filmning ijodiy guruhi navbatdagi qismda qanday voqealar keçişi haqida muhokama ötkazib ulgurgan va bu syujyetlarda Jyeyson Steytem yaratadigan obrazga örin mavjud. Film haqidagi batafsil ma'lumotlar 2017 yilda e'lon qilinişi rejalaştirilgan.
"Men bu loyihada yangi odamman. Meni "Forsaj" filmining yettinçi qismini suratga oliş işlari yakunlangani munosabati bilan taşkil etilgan oqşomga taklif qilişdi va öşanda keyingi filmda ham iştirok etişim haqida bildim", deydi Steytem.
U filmning muxlislariga minnatdorçilik bildirgan va keyingi qismda yanada qiziqarliroq sahnalar bölişini aytib ötgan.
Ma'lumot uçun, Steytem "Forsaj"ning oltinçi va yettinçi qismlarida iştirok etgan. Bu filmda asosiy rollarni undan taşqari Vin Dizel, Kurt Rassel, Pol Uoker va Mişel Rodriges kabi aktyorlar ijro etişgan.
Bu loyiha Universal kinokompaniyasi uçun eng foydali loyiha hisoblanadi va şu vaqtgaça 7 qismdan 2,3 mlrd dollar daromad keltirgan.






