Rossiyalik taniqli xonanda Valeriya va uning turmuş örtoği, musiqa prodyuseri Iosif Prigojinning Moskvadagi kvartirasi noma'lum şaxslar tomonidan öqqa tutildi.
Pnevmatik qurollar bilan qurollangan bosqinçilar ataylab juftlikning yotoqxonasini nişonga olişgan. Sodir etilgan jinoyatni Prigojinning advokati Sergey Jorin tasdiqladi.
Bosqinçilik uyuştirilgan paytda kvartirada Valeriyaning 22 yoşli qizi Anna, 20 yoşli Artyomiy va 18 yoşli Arseniy ismli öğillari hamda uy xizmatçisi bölgan. Juftlikning özi hozirda Uzoq Şarqqa gastrol bilan safarga ketgan.
Voqea joyida huquq-tartibot muassasalari xodimlari iş olib bormoqda.
Iosif Prigojin Latviyada taşkil etilgan Kubana musiqa festivalida bir qator rossiyalik qöşiqçilarning iştirok etgani borasida kötargan mojarosi bu köngilsiz voqeaga asosiy sabab sifatida keltirilmoqda. Valeriyaning turmuş örtoği Rigadagi festivalda iştirok etgan rus xonandalari Lev Leşenko, Zemfira, “Bravo” va “Leningrad” guruhlarini “xasis” sözining rusçadagi qöpol körinişi bilan atagan. Prigojinning aytişiça, “ular festivaldagi iştiroklari bilan öz vatanlari va kasblariga xiyonat qilişgan”.
Bunga javoban Leşenko Prigojinni “bir joyga” jönatib yuborgan hamda Prigojin faqatgina özini öylaşini aytgan. “Şaxsiy adovat, gina, musiqa va siyosatni qoriştirib taşlamaslik kerak”, deb aytgan Rossiya xalq artisti Leşenko.
Keyinroq Rossiya şou-biznesining qolgan vakillarining e'tirozlariga uçragaç, Prigojin öz sözlari uçun uzr söragan.






