Şveytsariya hukumati Bosniya musulmonlari guruhining sobiq komandiri Nosir Oriçni öz yurtiga qaytarib yuborişga qaror qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
“Işning Federal adliya boşqarmasi tomonidan körib çiqilişi jarayonida Nosir Oriçning Bosniya va Gertsogovinaga ekstraditsiya qilinişi haqida qaror qabul qilindi”, – deyiladi taşkilot bayonotida.
Oriç ikki hafta muqaddam Bosniya va Serbiyaning talabiga binoan hibsga olingan edi. U 1992-1995 yillardagi Bosniya uruşida serblarni öldirişda iştirok etganlikda gumon qilinmoqda.






