Tunisning Örta Yer dengizi sohilidagi Sus şahrida joylaşgan Riu Imperial Marhaba va Mouradi Palm Marina nomli beşyulduzli mehmonxonalarga terrorçilar tomonidan qurolli hujum amalga oşirilişi natijasida halok bölganlar orasida xorijlik sayyohlar borligi aytilmoqda. Bu haqda Tunis Içki işlar vazirligiga asoslangan holda Reyter xabar bergan.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, 27 kişi öldirilgan, ularning 10 nafari mehmonxonasi yaqinidagi sohilda dam olib yotgan holida otib taşlangan.

Ayni vaqtda sayyohlar öz xonalarida bekinib olgan holda jon saqlaşayotgani xabar qilingan.

Hozirça bu terakt uçun javobgarlikni heç qaysi jangarilar guruhi öz zimmasiga olmagan.