Özbekistonga bir guruh yapon jurnalistlari taşrif buyurdi. Ular orasida Kyodo News agentligi, Yomiuri Shimbun va Asahi Shimbun gazetalari xodimlari bor.
“Özbekturizm” milliy kompaniyasi saytida xabar qilinişiça, ular Toşkent, Samarqand, Buxoro, Termiz şaharlariga taşrif buyurib, diqqatga sazovor joylar va tarixiy yodgorliklar bilan tanişib çiqqan.
Sayohat davomida uşbu şaharlardagi tarixiy obidalar zonasida foto va videolavhalar tuşirilgan. Ular Yaponiya OAVida e'lon qilinişi közda tutilmoqda.
Asahi Shimbun gazetasi Yaponiyaning eng maşhur naşrlari uçligiga kiradi. Uning auditoriyasi 25 mln kişidan iborat. Yomiuri Shimbun gazetasining auditoriyasi 27 mln kişini taşkil qilib, u mamlakatdagi eng maşhur naşr hisoblanadi.






