Özbekistonda har yili 27 iyun – naşriyot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nişonlanadi. Ommaviy axborot vositalari hamişa jamiyat taraqqiyotining közgusi, kişilarning ongi, dunyoqaraşi, siyosiy saviyasining şakllanişida asosiy vositalardan biri bölib kelgan. Özbekiston Prezidenti Islom Karimovning 1993 yil 24 iyundagi Farmoni asosida mazkur sanani nişonlaş an'anaga aylandi.
Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalariga davlatning rahbarlik qilişiga çek qöyildi, axborot sohasiga bozor mexanizmlari izçil va bosqiçma-bosqiç joriy etilmoqda, nodavlat televideniye, radio, axborot agentliklari tarmoği, şuningdek, bosma hamda audiovizual ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaydigan jamğarmalar rivojlanmoqda. Davriy naşrlar tizimi deyarli qaytadan taşkil etildi, yangi respublika umumsiyosiy gazetalari va jamiyatning turli guruh hamda qatlamlariga möljallangan boşqa köplab bosma naşrlar va jurnallar taşkil qilindi. Mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari xalqaro axborot makoniga qöşildi.
Özbekistonda ommaviy axborot vositalari jamiyatda fikrlar xilma-xilligini ta'minlaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Har kim ommaviy axborot vositalarida çiqiş, öz fikrini oçiq aytiş huquqiga ega. Şu bilan birga, ommaviy axborot vositalari butun dunyoda bölgani kabi tarqatayotgan axborotining xolisligi va işonçliligi uçun javobgardir.
Sönggi yillarda Yer sayyorasining sun'iy yöldoşi orqali milliy tele-, radio-dasturlar translyatsiyasi yölga qöyildi. Bugungi kunda mamlakat telekommunikatsion tizimida 28ta yönaliş böylab dunyoning 180ta mamlakatiga uzatiladigan xalqaro kanallar mavjud. Mahalliy tele-, radio-kanallarda tayyorlangan körsatuvlar Internet global tizimi orqali aniq vaqt rejimida butun dunyoga translyatsiya qilinadi.
Sönggi ma'lumotlarga köra, mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari sifatida 304ta veb-sayt röyxatga olingan. Elektron ommaviy axborot vositalari jadal ixtisoslaştirilmoqda. Ayni paytda ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy mavzularga ixtisoslaşişidan taşqari, zamonaviy jamiyat uçun muhim bölgan ma'naviy-ma'rifiy, tibbiyot, bolalar, sport va axborot-texnologiyalari mavzularini yoritiş bilan şuğulanayotgan veb-saytlar soni ham ortmoqda.
Kun.uz sayti Jurnalistlar kuni munosabati bilan soha xodimlarining barçasini tabriklaydi va kelgusi faoliyatlarida zafarlar tilaydi.






