Afğonistonning Erondagi elçixonasi savdo attaşesi Alxöja Abdul Ahadiy Farxangning xabar berişiça, Afğoniston Erondan suyultirilgan gaz import qilişga qiziqiş bildirmoqda.

Farxang yaqin orada tegişli kelişuvga erişilişiga umid bildirmoqda. Bu haqda Trend axborot agentligi xabar berdi. Diplomatning aytişiça, ayni paytda Afğoniston suyultirilgan gazning katta qismini Turkmanistondan import qiladi.

Hozirda Eron gazoyl va suyultirilgan gazning eng yirik eksportçisi hisoblanadi. Eron bu mahsulotlardan taşqari, Afğonistonga kerosin va reaktiv yonilği yetkazib berişni ham taklif qilgan edi.