"Atletiko" jamoasining turkiyalik yarim himoyaçisi Arda Turon jamoa rahbariyatiga boşqa jamoaga ötmoqçiligi haqida ma'lum
.
Xabar qilinişiça, bu futbolçi öziga jamoa boş murabbiyi Diyego Simeonening öyin uslubi va futboldagi qaraşlari ma'qul emasligini bildirgan hamda şu sababli "Atletiko"ni tark etmoqçi.U jamoa bilan heç qanaqa muammosi yöqligini, mavjud şartnomaning moliyaviy jihatlaridan ham norozi emasligini, bu boşqa jamoalar köproq pul taklif qilişi bilan boğliq emasligini ta'kidlagan."Atletiko" uni qöyib yuborişni istamaydi, ammo futbolçi qolişni istamasa unga qarşilik ham körsata olmaydi.Ayni vaqtda Turonga "Barselona", "PSJ" va "Mançester Yunayted" jamoalaridan jiddiy takliflar mavjud.Ma'lumot uçun, uşbu 28 yoşli futbolçi ötgan mavsumda "Atletiko" bilan La-liganing 28 öyinida qatnaşgan va 2ta gol urib, 4ta golli uzatmani amalga oşirgan.






