Bokuda bölib ötayotgan Yevropa öyinlarida boks böyiça 46 kg.dan 49 kg.gaça vazn toifasida bronza medalini qölga kiritgan ukrainalik boksçi Dmitriy Zamotayev sovrindorlarni taqdirlaş paytida Rossiya bayroğiga hurmatsizlik qildi.
Uşbu vazn toifasida rossiyalik Bator Sagaluyev oltin medal sohibi böldi. 2-örinni Irlandiya vakili Brendan Irvinn, 3-örinni esa turkiyalik Muhammad Önlu va ukrainalik boksçi qölga kiritdi.
Ukrainalik sportçi sovrindorlarni taqdirlaş marosimida bayroqlar kötarilişi paytida namoyişkorona tarzda Rossiya bayroği tomonga burilmadi.






