26 iyun, juma kuni dunyoning 3 mamlakatida teraktlar sodir etildi. Avvaliga Fransiyada, keyin Kuvayt va Tunisda jangarilar begunoh insonlar hayotiga qasd qilişdi.



Dastlab, Yassin Salhi ismli terrorçi Fransiyaning Sen-Kanten-Fallave şahridagi kimyoviy zavodga bostirib kirib, korxona direktorini öldirdi va boşqa xodimlarni jarohatladi.



Kuvaytda esa, El-Kuvayt şahri markazidagi Es-Savaber tumanidagi şialar masjidi içida portlaş sodir böldi va juma ibodatiga yiğilgan namozxonlar halok böldi. TASS naşri muxbiri bu terakt masjid içidagi jangari öz tanasiga örnatgan bombalar orqali amalga oşirilgan. Bu portlaş uçun javobgarlikni "IŞID" öz zimmasiga oldi.



Şuningdek, Tunisning Örta Yer dengizi sohilidagi Sus şahri yaqinidagi ikki mehmonxonada ham otişma sodir böldi va mehmonxonada dam olayotgan mahalliy va xorijlik sayyohlarning 39 nafari öldirilib, 36 nafari oğir jarohatlar olişdi. Tunis radiosining xabar berişiça, qurbon bölganlar orasida Buyuk Britaniya, Germaniya va Belgiya fuqarolari köpçilikni taşkil etadi. Oxirgi ma'lumotlarda aytilişiça, bu terakt mehmonxonaga sayyoh niqobida taşrif buyurgan va qurolini buyumlari orasiga yaşirgan 23 yoşli talaba tomonidan amalga oşirilgan. U mehmonxonalardan birining hududida maxsus xizmat xodimlari tomonidan yöq qilingan. Bu terakt uçun javobgarlikni ham "IŞID" öz zimmasiga oldi.






