AQŞlik marhum xonanda Uitni Xyustonning yagona farzandi, hozirda komada qolayotgan qizi Kristina Braun bir neça oy şifoxonada saqlangandan keyin xospisga (oğir ahvoldagi bemorlarga möljallangan maxsus şifoxona) ötkazildi.
Qiz yaqinlarining xabar berişiça, uning ahvoli oxirgi vaqtda oğirlaşgan. 22 yoşli Braun yanvar oyi oxirida öz uyida vannaxonada yuztuban holda bexuş topilgan.
“Bir neçta tibbiy muassasalarda körsatilgan a'lo darajadagi tibbiy yordamga qaramasdan, Bobbi Kristina Braunning ahvoli yomonlaşmoqda”, deb aytdi uning xolasi Pet Xyuston.
24 iyunda Braun vakillari u bilan birga yaşagan Nik Gordonni Braunga nisbatan jismoniy va emotsional zöravonlik qöllaganlikda va uning ruxsatisiz qizning hisob raqamidan pul yeçganlikda ayblab, uning ustidan sudga da'vo arizasi berişdi.
Da'vo arizasida aytilişiça, Braun sun'iy koma holatiga ötkazilgandan keyin Gordon uning hisob raqamidan 11 ming dollar yeçib olgan. Gordonning özi bu ayblovga heç qanday izoh bermadi.