Futbol böyiça Paragvay milliy terma jamoasi hujumçisi Derlis Gonsalesning amakisi jiyanining tantanasidan keyin yurak xurujidan vafot etdi.
“Bazel” va Paragvay termasi futbolçisi Derlis Gonsales Amerika Kubogi musobaqasining favoritlaridan biri Braziliyaga qarşi çorak final uçraşuvining qahramoniga aylandi. Öyin dastlab "Braziliyaliklar ssenariysi" böyiça ötayotgan edi. Uçraşuvning 15-daqiqasida braziyalik futbolçi Robino hisobni oçdi.
Biroq 72-daqiqada braziliyaliklar himoyaçisi Tyago Silva öz jarima maydonida qöli bilan öynagandan keyin Gonsales 11 metrlik jarima töpini muvaffaqiyatli tarzda amalga oşirdi. Uçraşuvning asosiy vaqti 1:1 durang hisobi bilan yakunlangandan keyin, ğolib öyindan keyingi penaltilar seriyasida aniqlanadigan böldi. 21 yoşli Gonsales bu seriyada hal qiluvçi zarbani amalga oşirdi. Uning jamoasi 4:3 hisobida ğalaba qozonib, sensatsion ravişda Braziliyani musoobaqadan çiqarib yubordi.
Biroq Gonsalesning quvonçi amakisi infraktdan vafot etgani haqidagi xabardan keyin uzoqqa çözilmadi. Öyinçining 44 yoşli amakisi Manuel Irrasabal penaltilar seriyasini tomoşa qilayotganda yurak xurujiga uçrab, şifoxonaga olib borilgaç, u yerda joni uzildi.
“Nima uçun bugun amaki? Nimaga? Men sizga va butun yurtimga şunça quvonç va baxt olib kelganimda siz bizni taşlab ketdingiz. Men bunga işona olmayman”, deb amakisining rasmini çop etgança ökinç bilan yozdi tvitterda Gonsales.






