Ekvador prezidenti Rafael Korrea Belarusga uyuştirgan rasmiy taşrifi vaqtida AQŞ hukumati Ekvadorga nisbatan bosim ötkaziş orqali mamlakatdagi vaziyatni izdan çiqarayotgani haqida aytib berdi. Bu haqda "BelTA" xabar bergan.

"Ular bizni inson huquqlariga rioya etmaganlikda ayblaşadi. Özingiz tasavvur qiling, tinimsiz qotilliklar va jinoyatlar röy berib turadigan, Guantanamo qamoqxonasida qiynoqlar amalga oşiriladigan davlat bizga şunday dedi. Bu bizni ranjitdi, axir biz inson huquqlariga töla ravişda amal qilamiz", deydi Korrea.

Uning aytişiça, AQŞ ayni vaqtda Ekvador, Boliviya, Venesuela va Argentina mamlakatlaridagi vaziyatni izdan çiqariş maqsadida navbatdagi kampaniyani boşlagan.

Bundan taşqari, Korrea Minsk şahrini Ikkinçi jahon uruşidan keyingi davr miqyosidagi kam sonli "Qahramon şaharlardan biri" deb atagan.