Özbekistondagi internet saytlar soni keyingi 5 yil içida ikki barobar ösişga erişgan va ayni vaqtda ularning soni 300dan ortiqni taşkil etmoqda. Bu haqda Özbekiston prezidenti Islom Karimov 27 iyun kuni OAV xodimlariga Jurnalistlar kuni bayrami munosabati bilan yöllagan tabrigida qayd etib ötgan.
"Mamlakatimizda an'anaviy axborot vositalari bilan bir qatorda, internet jurnalistikasi ham jadal rivojlanmoqda. Keyingi 5 yilning özida veb-saytlarning soni 2 barobar ortib, 300 dan oşib ketgani mamlakatimiz milliy axborot makonining mazmuni va manzarasini tubdan özgartirişga xizmat qilmoqda", deydi Islom Karimov.
Prezidentning qöşimça qilişiça, naşrlarining 95 foizi mustaqil OAV hisoblanadi.






