Kareliyada ötkazilgan “Beliye noçi” rallisi paytida avtomobillardan birining ğildiragi ostidan otilib çiqqan toş bir tomoşabin ayolning ölimiga sabab böldi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

Ötkazilgan tekşiruv va barça tafsilotlar aniqlaştirilgandan keyin poyganing maxsus uçastkasida mahalliy ayollardan biri tomoşabinlar uçun ajratilgan hududdan çiqib ketib, poyga maşinasining ostidan otilib çiqqan toş zarbasidan halok bölgani ma'lum böldi. Baxtsiz voqea poygalarning birinçi kuni, 26 iyunda sodir böldi. Ayolning jasadini poyga avtomobillaridan birining ekipaji Moskva vaqti bilan 19:00 larda aniqladi.

“Beliye noçi” Rossiyada qadimdan ötkazib kelinadigan poyga bölib, ilk bor 1963 yilda ötkazilgan. 1995 yildan esa Kareliya hududida ötkazib kelinadi. Bu yerda köplab keskin burilişlarga ega juda murakkab trassalar juda köplab uçraydi. Poyga taşkilotçilarining ma'lumotlariga köra, bu poygalarni tomoşa qiliş uçun har yili taxminan 70 mingdan ziyodroq tomoşabin yiğiladi.