Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen In iyun oyi davomida bir neça tadbirlarga öz otasi va bobosi Kim Ir Sen hamda Kim Çen Ir suratlari aks ettirilgan nişonlarni taqmagan holda paydo böldi. Bu haqda TASS naşri xabar bergan.
Yaponiyaning NHK telekanali ma'lumotlariga köra, Kim Çen In 13 iyun kuni havo hujumiga qarşi mudofaa tizimi akademiyasida hamda 25 iyun kuni Pxenyandagi aeroportda ötkazilgan tadbirlarda nişonlarini taqmagan holda iştirok etgan.
Bu tadbirlarda olingan suratlar mahalliy gazetalarda ham çop etilgan.
Ma'lumot uçun, KXDRdagi davlat amaldorlari bunday nişonlarni davlatning marhum rahbarlariga hurmat bajo keltiriş belgisi sifatida taqib yurişi kerak hisoblanadi.
Tahlilçilarning fikriça, Kim Çen Inning bu harakati öz hokimiyatini otasi va bobosining ta'siridan xoli holda qayta siyosat yurgizib, mustahkamlaş niyatida ekanini bildiradi.






