Tunisdagi eng katta aeroportlardan biri, Monastir şahridagi Xabib Burgiba nomidagi aeroport 27 iyun kuni odatdagidan farqli ölaroq, Sus şahridagi teraktdan keyin mamlakatga Yevropadan taşrif buyurayotgan sayyohlar soni böyiça rekord darajadagi past natijani qayd qildi.

Aeroport vakilining bergan ma'lumotlariga köra, mamlakatga Londondan 40 yölovçi, Mançesterdan 34, Belgiyadan 64 yölovçi taşrif buyurgan. “Odatda bunday paytda yuzlab sayyohlar kelar edi. Biroq bugun kirişda umuman heç kim yöq, hamma navbatlar jönab ketiş yönalişida kuzatilmoqda”, deb aytmoqda aeroport vakili.

Tunis OAVlarining xabar berişiça, yuzlab xorijiy sayyohlar mamlakatda dam olişdan boş tortib, mehmonxonalarni tark etmoqda. Tunis hukumati sayyohlarning xavfsizligi uçun barça çoralar qabul qilinganini aytişiga qaramasdan, sayyohlar safarlarini tugatmoqda va hali boşlanmaganlarini bekor qilmoqda.

Tunis davlat ğaznasiga tuşadigan xorijiy valyutadagi umumiy tuşumlarning 20 foizini sayyohlikdan oladi. Bu sohada 500 mingga yaqin odam faoliyat yuritadi.

Tunis hukumati Susdagi teraktni “milliy iqtisodiyotga dahşatli zarba böldi” deb aytmoqda. Susdagi teraktdan keyin mamlakat rahbariyati uşbu yildagi sayyohlik mavsumi kasodga uçraşini taxmin qilmoqda.