Qozoğistonlik Alim Beysembayev Van Klibern nomli xalqaro pianistlar konrkursida birinçi örinni qölga kiritdi. Dallas News naşrining xabar berişiça, AQŞ ötkazilgan musobaqada qozoğistonlik musiqaçi tengsiz deb topildi hamda 10 ming dollar pul mukofotiga ega böldi.
Pianist Pyotr Çaykovskiyning fortepiano konsertini ijro etdi. Amerikalik mutaxassislar uning jozibador ijro uslubiga va mahoratiga yetarli darajada baho bera oldi.
Beysembayev konkursga ota-onasi bilan birgalikda taşrif buyurdi. Uning otasi muhandis bölib, oilasida şu paytgaça heç kim musiqa bilan şuğullanmagan. Şunga qaramay, yoş iste'dod sohibi uşbu sohani davom ettirişni niyat qilmoqda.






