76 yoşli Rita Uilyams özining sevimli şlyapasi sababli Tunisdagi teraktda mö'jizaviy tarzda boşiga öq tegişidan qutulib qolganini aytmoqda.

The Daily Mirror britan naşrining xabar berişiça, Uilyams Tunisdagi maş'um mehmonxonada turmuş örtoği Ken bilan dam olayotgan bölgan.

Terrorçi plyajdagi sayyohlarga öq uzayotganda ayol yerga yotib olgan. Keyinroq aniqlanişiça, öq faqatgina uning şlyapasini teşib ötgan, uning özi esa tirik va beşikast qolgan.

“Agar boşimda şlyapa bölmaganda, öq boşimga tekkan bölardi. Men şunçalik qörqib ketdimki, hali ham özimni bosolmayapman”, deb aytdi Rita Uilyams naşrga bergan intervyusida.

Ayol bu şlyapani dam olişdan bor-yöği bir neça kun avval 6 funt sterlingga sotib olganini ta'kidlamoqda.