2015 yilning 28 iyun kuni Space X asosçisi Elon Mask 44 yoşini nişonladi.

Xuddi şu kuni Falcon 9 raketasi parvozga kötarilganidan 3 daqiqa ötib, portlab ketdi.

Elon Mask bu parvoz muvaffaqiyatli amalga oşirilgani haqida intervyu berişga tayyorlanayotgandi.

Lekin buning örniga u öz tvitteriga "bu kun hayotidagi eng yomon tuğilgan kun sifatida esda qolişi" haqida yozdi.

Xalqaro koinot stansiyasiga (XKS) yuk olib çiqişi kerak bölgan Dragon koinot yuk taşuvçisini orbitaga olib çiqişi kerak bölgan Falcon 9 raketasi Floridadagi Kanaveral burnidagi kosmodromdan uçirilgandan keyin köp ötmay falokatga uçradi.

Falcon 9 raketasi, SpaceX xususiy kompaniyasi va NASA örtasidagi şartnomaga köra, XKSga Dragon taşuvçisini jönatişi kerak edi. XKSga 2 tonna yuk, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari, ilmiy tajribalar uçun materiallar, stansiyani AQŞning boşqariladigan koinot kemalari bilan tutaşi uçun uni modernizatsiyalaşga möljallangan tutaşiş uzeli yuborilayotgan edi.

Dragon yuk taşuvçisi va Falcon 9 raketasini SpaceX kompaniyasi işlab çiqqan. Kompaniya NASA bilan tuzgan şartnomasiga köra, 2016 yilgaça XKSga 12 ta raketa uçirişi kerak edi. Kompaniya 2014 yil sentabrda Boeing bilan birga XKSga yuklarni yetkazib berişdan taşqari, XKSga boşqariladigan parvozlarni amalga oşiriş uçun 6,8 mlrd dollarlik şartnomani yutib olgan edi.

SpaceX kompaniyasi Falcon 9 ikki poğonali raketasini juda işonçli edi, deb ta'riflagandi.

Ekspertlarning fikriça, Falcon 9 raketasining tezlaştiruvçi blokidagi suyuq kislorod saqlanadigan bakdagi yuqori bosim raketani falokatga olib kelgan bölişi mumkin.

“Raketaning tezlaştiruvçi blokidagi suyuq kislorod saqlanadigan bakda yuqori bosim bölgan. Olingan ma'lumotlar falokatning bir-biriga teskari sabablarini körsatmoqda”, deb aytmoqda raketani işlab çiqargan SpaceX kompaniyasining rahbari Elon Mask.