Özbekistonning birinçi raqamli raketkasi Denis Istomin Londonda bölib ötadigan Uimbldon turniri boşlanişi arafasida ATP reytingida 30 poğona yuqorilab, 62 öringa joylaşdi.

Eslatib ötamiz, 27 iyun kuni Istomin Nottingem şahrida ötkazilgan  "AEGON Open" tennis turnirida ğalaba qozonib, öz faoliyatidagi ilk titulni qölga kiritgandi. Bir soatu 42 daqiqa davom etgan bahsda u reytingda 44-poğonada qayd etilgan amerikalik Sem Kuerani 7:6, 7:6 hisoblarida taslim etgandi.

Final bahsida Istomin 7ta eys zarbani amalga oşirdi. Ikkita breykka ega böldi va uç bor töp uzatişda xatolikka yöl qöydi. Kuerri esa 12ta eys zarba, ikkita breyk-point va 6ta qöşxato qayd etdi. Ikki tennisçining özaro uçraşuvlardagi hisob 4:3ga yetdi, hozirça Kuerri foydasiga.

Nottingem turnirining mukofot jamğarmasi 644,065 yerodan iborat bölib, Denis Istomin ğolib sifatida 79,345 yevro mukofot puli hamda 250 reyting oçkosiga ega böldi. 

29 iyun holatiga köra, Denis Istomin 780 oçko jamğargan holda 62-örinda bormoqda.

Endi u joriy haftada start oladigan "Katta Dubulğa" turnirlaridan biri "Uimbldon"da iştirok etadi. U birinçi bahsini ispaniyalik Albert Ramos-Vinolasga (reytingda 65 örin) qarşi ötkazadi.