25 iyun kuni Özbekiston çegaraçilari ikki nafar Tojikiston fuqarosini qölga oldi. Voqea Farğona viloyati, Beşariq tumani, Andarxon qişloğida sodir böldi.
MXX Davlat çegarasini himoya qiliş qömitasi matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, qölga oliş jarayonida tojikistonliklar çegara naryadiga qarşilik körsatgan.
“Xavfsizlikni ta'minlaş hamda huquqbuzarlarni qölga oliş maqsadida osmonga ogohlantiruvçi öq otildi. Natijada Tojikistonning Söğd viloyati Konibodom tumani Yakkaterak qişloq fuqarolar yiğinida istiqomat qiluvçi, 1985 yili tuğilgan T. Usmonov sonidan jarohat oldi”, – deyiladi xabarnomada.
Usmonov Beşariq markaziy tuman şifoxonasiga örta oğir ahvolda yotqizilgan. Ikkinçi huquqbuzar – öşa tumanning Patar qişloğida 1991 yili tuğilgan X. Qobilov esa qamoqqa olindi.
Voqea yuzasidan jinoyat iş qözğatildi.






