Joriy yilning 26 iyun kuni Özbekiston Savdo-sanoat palatasi binosida palata faoliyatini doimiy tarzda yoritişda amaliy yordam körsatayotgan bir guruh ommaviy axborot vositalari vakillarini ularning kasb bayramlari, 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Tadbirda Özbekiston Milliy axborot agentligi, Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi xodimlari, “Jahon” axborot agentligi, qator gazeta va jurnal hamda saytlar muxbirlari iştirok etdilar.

Tadbirda Palata faoliyatini yoritişda faol deb qayd etilgan OAV xodimlariga "Axborot kömagi sertifikati" hamda maxsus statuyetka tantanali ravişda topşirildi.

Şu bilan birga, taqdirlaş marosimi doirasida OAV xodimlari ham öz samimiy tilaklarini bildirgan holda kelgusida Özbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikni yanada samarali olib borişdan mamnun ekanliklarini alohida qayd etdilar.