Liberation gazetasida WikiLeaks va Mediapart saytlari bilan hamkorlikda AQŞning Fransiya ortidan iqtisodiy ayğoqçilik qilganidan guvohlik beruvçi materiallar çop etildi.

"AQŞ Milliy xavfsizlik agentligining beşta tahliliy hisoboti AQŞ maxsus xizmatlarining fransuz manfaatlariga qarşi olib borgan operatsiyalarining qançalik katta miqyosdaligini yaqqol namoyon qiladi. Bu ma'lumotlar 2004-2012 yillar davomida fransuz siyosatçilari va diplomatlariga nisbatan josuslik faoliyati yuritilganidan dalolat beradi", deyilmoqda maqolada.

WikiLeaks asosçisi Julian Assanjning aytişiça, yaqin orada uning sayti bir qator yirik foş qiluvçi materiallarni çop etişni boşlaydi.