28 iyunda Yaponiyaning Nagoyya şahridan Gavayi orollari tomon uçib ketgan quyoş batareyalarida uçuvçi Solar Impulse 2 samolyoti Tinç okeani ustidan orqaga qaytib bölmas nuqtadan ötdi.
Samolyot uçuvçisi şveysariyalik Andre Borşberg özining dunyo böylab sayohati davomida Gavayi orollarigaça 120 soat davom etadigan parvozni amalga oşirib, öziga xos rekord natija qayd qilişga urinib köradi. Uçuvçi parvoz boşlangandan 16 soat ötib orqaga qaytib bölmas nuqtadan ötganini ma'lum qildi. Bu nuqta ötilgandan keyin agar zarurat tuğilsa Yaponiyaga qaytib borişning iloji bölmaydi.
“Bu aviatsiya tarixida hali zabt etilmagan haqiqiy jasorat böldi”, deb aytilmoqda uşbu sayohatning rasmiy saytida. Bu parvozni amalga oşiriş uçun uçuvçi 25 litr içimlik suvi va 18 porsiya yegulik bilan ta'minlandi.