Janubiy Koreya mudofaa vazirligining qölidagi ma'lumotlarga qaraganda, Şimoliy Koreya şu yilning oktabr oyida jiddiy harbiy provokatsiya ötkazişga tayyorlanmoqda. Bu haqda bugun milliy mudofaa vaziri Xan Min Gu Seulda oçilgan qurolli kuçlarning 150 nafar harbiy komandiri yiğilişi arafasida ötkazilgan matbuot anjumanida gapirdi.
Uning fikriga köra, oktabr oyida Koreya mehnat partiyasining yubileyi nişonlanişi munosabati bilan Şimoliy Koreya rahbariyati strategik provokatsiyani amalga oşirmoqçi. Jumladan, Xan Min Gu Pxenyan qit'alararo ballistik raketani işga tuşirişi mumkinligini ehtimoldan uzoq taxmin emas, deya baholadi.
Harbiylar oldidagi çiqişida esa Xan Min Gu Şimol har qanday provokatsiyasidan “qattiq puşaymon” bölişini işonç bilan ta'kidladi.