Avstraliyalik olimlar umurtqali jonivorlardan qay biri dunyodagi eng çuqur inlarni qazişini aniqladi. Bu Varanus Panopter eçkiemarlari bölib çiqdi.
Uşbu sudralib yuruvçilar 3.6 m gaça inla qazişi mumkin. Tadqiqot natijalari Biological Journal of the Linnean Society jurnalida çop etildi.
Kaltakesaklarning spiralsimon inlari olimlar diqqatini XIX asrdayoq jalb qilgan edi. Ilgari ularni Palaeocastor qunduzlari qaziydi, degan taxmin mavjud edi. Ammo tadqiqotçi Şon Dudi eçkiemarlar yaşaydigan hududda bunday inlar köpligini aniqlaşga muvaffaq böldi. Tadqiqot Avstraliya şimolidagi Kimberli okrugida ötkazildi.
Biologlar 52ta inning çuqurligini va haroratini ölçab çiqişdi.
Inning oxirida maxsus kenglik yaratilib, u yerga eçkiemarlar tuxum qöyadi. Bunday çuqurlikda harorat özgarmasligi bois embrion yaxşi rivojlanadi. Bundan taşqari, indagi namlik taşqariga nisbatan kuçliroq, bu tuxumning sakkix haftalik inkubatsiya davrini qurğoqçil mavsumda ham ötkazib oliş imkonini beradi.
Inlar nega spiralsimon qurilişi masalasi esa hanuzgaça aniqlaştirilgan emas. Bunday in qaziliş texnikasi köp mehnatni talab qiladi, Dudi hatto qaziş paytida yer öpirilib, tuproq ostida qolib ketgan kaltakesaklarning jasadlarini topdi.