Özbekiston mudofaa vaziri örinbosari Nurmuhammad Mullaboyev Sankt-Peterburgda rossiyalik hamkasbi Anatoliy Antonov bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuv çoğida ikki tomonlama munosabatlarning istiqbollari muhokama qilindi. Şuningdek, harbiy sohada ikki tomonlama hamda ŞHT doirasida hamkorlik masalalari körib çiqildi.
Özbekiston delegatsiyasi bugun bölib ötadigan ŞHT tadbirida iştirok etiş uçun Sankt-Peterburgga taşrif buyurdi.
Eslatib ötamiz, Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlar mudofaa vazirlari özaro hamkorlik rejasini imzolaydilar.
2016-2017 yillarga möljallangan rejani imzolaş marosimi bugun Sankt-Peterburgda bölib ötadi. Yiğilişda taşkilotga a'zo olti davlat vakillari iştirok etadi. Bular Qozoğiston, Qirğiziston, Xitoy, Rossiya, Tojikiston va Özbekistondir.






