Özbekiston içki işlar vaziri ikki şahar va uç tuman IIB rahbarlarini özgartirdi, deb xabar beradi “Na postu” gazetasi.
Qöqon şahar içki işlar boşqarmasi rahbari etib mayor Qudratjon Örinboyev, Sirdaryo viloyatidagi Şirin şahri boşqarmasi rahbari etib esa mayor Akbar Egamnazarov tayinlandi.
Bundan taşqari, Farğona viloyati Beşariq tuman bölimiga podpolkovnik Sayidbahrom Sayidmusayev, Buxoro viloyati Qorovulbozor tuman bölimiga podpolkovnik Bahodirxöja Şaripov, Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tuman bölimiga podpolkovnik Aziz Allanazarov rahbarlik qilişi belgilab berildi.






