Yaqin Şarq mamlakatlari hududida tarqalgan MeRS kronavirusi sabab «Toşkent» xaqlaro aeroportida tibbiy sanitariya tekşiruvlari kuçaytiriladi. Bu haqda «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Mazkur yuqumli kasalliklarga çalingan bemorlar klinik ma'lumotlar va epidemiologik taşxislar natijasida aniqlanadi. Kasallik aniqlangan taqdirda mazkur bemor zudlik bilan xavfsiz hududga olinadi.

Hozirgi kunga kelib Seul, Dubay va Şarjadan kelayotgan har bir yölovçi issiqlikka reaksiya beradigan maxsus televizorlar orqali yuqori tana haroratga ega yoki ega emasligini aniqlanmoqda.

Kronavirus bilan kasallangan bemorlar aniqlangan taqdirda ular alohida ajratilgan xonalarga yotqiziladi va zarur dori-darmonlar bilan ta'minlanadi.