1992 yildan buyon Finlyandiyaning Sonkayarvi şahrida har yili ötkazilişi an'ana tusini olgan ayollarni yelkada kötargan holda masofani bosib ötiş çempionatining bu yilgi musobaqasiga rekord darajadagi iştirkoçilar kelişi kutilmoqda. Bu haqda Yle agentligi xabar bergan.
Ayni vaqtda çempionatda iştirok etiş istagi böyiça 70 juftlikning arizasi qabul qilingan. Iştirokçilarning dastlabki vakillari Sonkayavriga yetib kelişgan.
"Çempionatga bundan köp iştirokçi kelişi hali kuzatilmagandi", deydi musobaqa taşkilotçilaridan biri Kaysa Xyunyunen.
Çempionatni yoritiş uçun Rossiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya va Niderlandiya kabi mamlakatlardan OAV vakillari ham taşrif buyurişadi.
Bu yil yigirma yilligi nişonlanadigan çempionatda şu vaqtgaça eng köp iştirokçi kelişi 2008 yilda qayd etilgan, öşa safar 45 juftlik öz omadini sinab körgandi.
Ma'lumot uçun, bu turnir qoidasiga köra, iştirokçi öz yelkasida rafiqasi yoki şerigini ortmoqlagan holda 253,5 metrli qumli, ötli, loyli, tösiqli yölni bosib ötişi va birinçi bölib marraga yetib kelişi kerak böladi.
Uning yelkasidagi ikkinçi iştirokçining yoşi 17dan, vazni esa 49 kilogrammdan kam bölmasligi talab qilinadi.
Qayd etiş joizki, bunday turnirda eng köp marta Estoniya, AQŞ va Avstraliya vakillari ğalaba qozonişgan.
Şu vaqtgaça örnatilgan rekord natija - 55 sekund bölib, 2001 yilda Tallin şahridan kelgan Margot Uusorg va Birgit Ulrixt tomonidan qayd etilgan.






