AQŞning Texas ştatida yaşovçi 75 yoşli Vanda Mobli ismli ayol yöl-transport hodisasi oqibatida yöl çetidagi kölga tuşib ketgan. YTH oqibatida ança özini oldirib qöygan ayol ikki kun davomida majaqlanib ketgan avtomobil içidan çiqa olmagan, deb xabar bermoqda Scripps Media.

Mobli xonim 183-trassa böylab özining Oklaxoma ştatida yaşovçi yaqinlari oldiga mehmonga ketayotganda birdan yölda uning röparasidan boşqa maşina çiqib qolgan. Ayol töqnaşuvdan qoçiş maqsadida maşinani çetga burgan. Oqibatda maşina pastlikda joylaşgan köl çetiga tuşib ketgan. Ayol jiddiy jarohatlar olmagan, biroq kuçdan qolgan.

Ayolning aytişiça, u yon-atrofdan ötayotgan avtomobillarning ovozini eşitgan, biroq maşinadan mustaqil holda çiqib, yordamga çaqirişga madori bölmagan. Mobli havo isib ketganda köldagi suvdan içib, öz çanqoğini qondirgan.

Ayolning yaqinlari uning mobil telefoniga qönğiroq qilişganda u javob beravermagaç, taşvişlana boşlab, bu haqda politsiyaga xabar qilişgan. Politsiya xodimlari ayolni qidirişni boşlaşgan. Biroq ayolning nabiralari politsiyaçilardan köra çaqqonroq çiqib qolişdi. Ular Mobli harakatlangan trassani e'tibor bilan tekşirib çiqqanlarida, urib tuşirilgan yöl belgisi, avtomobil bölaklarini aniqlaşgan va yaqin orada öz buvilarini ham topişga muvaffaq bölişgan.

Hozir keksa ayol şifoxonada davolanmoqda. Şifokorlar uning beliga şikast yetganini aytişmoqda. Ularning fikriça, ayol tez orada oyoqqa turib ketadi.