Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko 1 iyulda Oliy radaga konstitutsiyaga özgartirişlar kiritiş böyiça loyihani körib çiqiş uçun kiritadi. Bu haqda “112 Ukraina” telekanali xabar bermoqda.

Poroşenko bu haqda konstitutsiyaga kiritiladigan özgartirişlar taqdimoti paytida ma'lum qildi.

Avvalgi haftada Ukraina konstitutsion komissiyasi Ukraina konstitutsiyasining hukumatni markazlaştirmaslik qismiga özgartirişlar kiritilişini ma'qullagan edi.

Avvalroq Poroşenko konstitutsiya borasidagi islohotlar mamlakatning “muvaffaqiyatli davlatlar qatoriga” kirişiga imkon berişiga işonçi komil ekanligini aytgan edi.