30 iyun kuni Turkmanistonda havo harorati 47.2 darajani taşkil qildi. Eng issiq havo poytaxt Aşxobodda kuzatilmoqda. Şaharda 124 yildan buyon metereologik nazorat olib boriladi, lekin bunday harorat birinçi marta kuzatilişi.
1 iyul kuni hukumat yiğilişida havo harorati oşib ketişining odamlar soğliğiga salbiy ta'sir ötkazişining oldini oliş böyiça çora-tadbirlar işlab çiqiş masalasi körib çiqildi. Jumladan, aholi orasida tuşuntiriş işlari olib borilişi kerakligi qayd qilib ötildi. Alohida e'tibor bolalar soğliğini saqlaş masalasiga qaratiladi.
Özbekistonning Turkmanistonga yaqin hududlarida ham ğayritabiiy issiqlik qayd qilindi. 30 iyun kuni Nukus şahrida harorat 42.6 daraja issiq böldi. Bu 1996 yildan buyon örnatilgan öziga xos yangi rekord böldi.






